8-11 yanvar kunlari Las-Vegasda CES 2019 körgazmasi bölib ötdi. Unda dunyoning yirik kompaniyalari özlarining sönggi texnologik işlanmalarini namoyiş etdi. Quyida körgazmada namoyiş etilgan ayrim mahsulotlar bilan tanişişingiz mumkin. 

Procter&Gamble’dan «teri uçun printer»

Procter&Gamble CES körgazmasida Opté qurilmasini namoyiş etdi. U teridagi muammolarni avtomatik rejimda bartaraf qiladi. Buning uçun qurilma yuqori tezlikda işlaydigan kameradan foydalanadi: u rangi terining boşqa qismlari rangidan ajralib turuvçi teri qismini qidirib topadi va öşa qismga maxsus krem surtadi.

Opté siyohli printer kabi işlaydi, faqat uning içida siyoh örniga mineral va namlovçi vositalardan iborat tonal krem böladi. Qurilma kremni faqatgina muammoli joyga surtadi. P&G kompaniyasidagilarning ta'kidlaşlariça, undan muntazam foydalanilganda teridagi nuqsonlar butunlay yöqolib ketadi.  

Samsunğdan modulli televizor

Samsung The Wall deb nomlanuvçi modulli televizorni namoyiş etdi. U bloklardan iborat bölib, diagonali 219 dyuym bölgan prototip körsatildi, ammo nazariy jihatdan u istalgan ölçamga ega bölişi mumkin.

Televizorning har bir blogi yoruğlik diodlaridan foydalanuvçi MicroLED texnologiyasi asosida işlangan. The Wall tasvirni 8K-ölçamda uzata oladi.  

Öraladigan LG televizori 

LG 65 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlangan Signature televizorini namoyiş qildi. U xuddi qoğoz singari öraladi. Tugmaça bosilişi bilan ekran bir neça soniya içida öralişi yoki tiklanişi mumkin.

Displey bir neça iş rejimlariga ega bölib, uni töliq öramaslik ham mumkin. U yarmigaça öralgan holatda tasvirni 21:9 hajmda körsatadi, ensiz tasma holatida esa ob-havoni körsatişi mumkin yoki pleyer sifatida foydalansa böladi. Televizor 2019 yil oxirida sotuvga çiqadi.

Continental’ning robot itlari