Mashg‘ulotlar yakshanba kungi bahs bo‘lib o‘tadigan «Rashid Stadium»da o‘tkazildi. Jarayonning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq ekanidan foydalangan Kun.uz fotomuxbiri u yerdagi muhit va kayfiyatni suratlar vositasida yetkazishga harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 13 yanvar kuni Osiyo Kubogida ikkinchi turga yakun yasaladi. Bahslarning so‘nggisi «F» guruhi vakillari – O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasida Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat  21:00da boshlanishi belgilangan.