Bişkek issiqlik elektr markazini modernizatsiyalaşdagi korrupsiya holati böyiça qözğatilgan jinoiy iş böyiça tergov yakunlandi. Tergov davomida Qirğizistonning sobiq boş vaziri Sapar Isoqov boşçiligidagi bir qator mansabdor şaxslar TVeA kompaniyasi bilan nomaqbul şartnoma tuzib, davlatga 111 mln dollardan köproq ziyon yetkazgani ma'lum böldi.
Şu sababli Isaqov 20 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Şuningdek, unga Tarix muzeyini ta'mirlaşdagi korrupsiya holati böyiça yangi ayblov qöyildi. Bu jinoiy işning tergovi milliy xavfsizlik qömitasida davom etmoqda. Tergov fikriça, bunda Isaqov va boşqa mansabdor şaxslarning jinoiy harakatlari davlatga 101 mln som (1,3 mln dollardan köproq) ziyon keltirgan.













