AQŞ prezidenti D-t faoliyatini ma'qullaş reytingi şatdaun ortida 44 foizgaça pasayib ketdi. Bundan Hill TV va HarrisX tadqiqot kompaniyasi olib borgan sörovnoma natijalari darak bermoqda. 56 foiz söralganlar Trampning faoliyatini ma'qullamagan.
Sörovnoma 8-11 yanvar kunlari olib borilgan, unda 3015 amerikalik iştirok etgan.
Dekabrda Trampning reytingi 47 foizni taşkil qilgan.
Şatdaun 12 yanvarda davomiyligi böyiça tarixiy rekord örnatgan bölsa-da, uning oxiri körinmayapti. Tramp çegara xavfsizligi va Meksika bilan çegarada devor qurilişiga 5,6 mlrd dollar ajratilişini söraşda davom etmoqda va bu talab qondirilmagunça budjetni imzolaşdan boş tortmoqda. Kongressning quyi palatasida nazoratni qölga olgan demokratlar esa devor haqida eşitişni ham istaşmayapti va yuzaga kelgan inqirozni “sun'iy” deb ataşmoqda.
Bungaça eng uzoq davom etgan şatdaun 1995 yil dekabr-1996 yil yanvarida qayd etilgan va 21 kun davom etgan. Joriy şatdaun 2018 yil 22 dekabrda boşlangandi va 22 kundan beri davom etmoqda.












