Bugun, 14 yanvar kuni O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Avstraliya Ochiq chempionatidagi (Australian Open) ishtirokini boshlaydi. U turnirning ilk bosqichida shveysariyalik Rojyer Federerga qarshi kortga chiqadi.
Ma'lumot uchun, Istomin jahon reytingida 101, Federer esa 3-o‘rinni egallab turibdi. Shu kungacha tennischilar olti marta o‘zaro bahs o‘tkazishgan va ularning barchasida shveysariyalik tennischining qo‘li baland kelgan.
Qayd etish lozimki, Federer Avstraliya Ochiq chempionatining 6 karra g‘olibi hisoblanadi.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:30dan so‘ng boshlanadi.















