Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi Almati şahrida ötkazilgan maxsus operatsiya davomida mamlakatda qator terrorçilik harakatlarini amalga oşirişga tayyorgarlik körayotgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridan iborat guruh qölga olinganini xabar qildi.

Tintuv çoğida ularning yaşaş joyidan katta quvvatga ega portlovçi qurilmalar tayyorlaş uçun tarkibiy unsurlar, öqotar qurollar va öq-dorilar topilgan. 

Tergov xulosasiga köra, guruh xorijdagi IŞID jangarilari körsatma va topşiriqlariga asosan tayyorgarlik körgan. Ular Almati şahridagi odam gavjum joylarda qator qurolli hujumlar uyuştirişni rejalaştirişgan.