Jahon | 14:28 / 14.01.2019
18880
2 daqiqa o‘qiladi

Sartarosh avtobusda uxlab qolgan qizning sochini kesib tashladi va hibsga olindi

Foto: Shutterstock

Xitoyda keksa yoshli erkak avtobusda uxlayotgan yo‘lovchining sochlarini kesib qo‘ydi va hibsga olindi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Hodisa Gonkongda 13 yanvar, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs so‘zlariga ko‘ra, 65 yoshli yo‘lovchining oldidagi qatorda o‘tirgan qizning ot dumiga o‘xshash soch turmagidan jahli chiqqan. Uning sochlari shu qadar uzun bo‘lganki, hatto tizzalariga qadar tushib turgan. Oxir-oqibat erkak sumkasidan qaychi chiqarib, bir necha santimetr sochni kesib tashladi. Nashr suhbatdoshining ta'kidlashicha, yo‘lovchi mast bo‘lmagan.

Voqeaga guvoh bo‘lganlar erkakdan to‘xtashni so‘rashgan va qizni uyg‘otishgan. Sochi kesib tashlangan yo‘lovchining bundan jahli chiqqan va yig‘lab yuborgan. Haydovchi politsiyani chaqirdi. Aybdor shaxs yaqin bekatda qochib qolishga urindi, ammo yo‘lovchilar uni ushlab olishgan.

Bir necha bekatdan so‘ng, politsiyachilar erkakni jismoniy zarar yetkazishda gumonlab hibsga olishdi. Taxminan yuz nafardan ortiq bo‘lgan qolgan yo‘lovchilar boshqa avtobusga o‘tirishga majbur bo‘lishdi. Hibsga olingan shaxsning politsiyachilarga ma'lum qilishicha, sartarosh-stilist bo‘lib ishlaydi, shuning uchun o‘z yonida doimo qaychi olib yuradi.

Mavzuga oid