AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda Turkiyaga iqtisodiy çoralar bilan tahdid qildi.

Uning sözlariga köra, agar Anqara suriyalik kurdlarga hujum qilsa, Qöşma Ştatlar Turkiyani «xonavayron qiladi».

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, kurdlar ham Turkiyani provokatsiya qilmasligi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya AQŞ qöşinlarini olib ketmasa ham Suriya şimoliga yuriş qilişi xabar berilgandi.

Suriya şimoli-şarqida rejalaştirilgan Turkiya amaliyoti Amerika qöşinlarining mintaqadan olib çiqilişiga boğliq emas. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli xabar berdi. 

Vazirning körsatişiça, Anqara tahdidni bartaraf etiş uçun zarur qadamlar taşlaydi. Bu amerikalik harbiylar tomonidan istalgan xatti-harakatlarda sodir böladi, «ular ketişi yoki ketmasligi muhim emas», deya qöşimça qilib ötdi u.