Zafar Hoşimov soliq islohotlari taşabbuskorlarini qöllab-quvvatlaganini ma'lum qilib, islohotning ijobiy va salbiy «kayfiyati»ga töxtalib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Çilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi mutasaddilari tomonidan taşkil etilgan noformal uçraşuv davomida tadbirkor va buxgalterlarga soliq sohasida joriy etilgan yangi tizim – qöşilgan qiymat soliği haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Şuningdek, uçraşuv davomida dolzarb savollar yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda iştirok etgan Korzinka supermarketlari tarmoği rahbari Zafar Hoşimov «amalda bölgan soliq tizimi, iqtisodiy nuqtai nazardan, boşi berk va notöğri» bölgani haqida gapirdi.

«Ayrim faktlar bilan örtoqlaşsam, masalan, mehnatdan olinadigan soliq, şaksiz, mantiqsizlik edi. Iqtisodiyotning xususiy sektori işçilarini yaşirişga uringan yo «kulrang» sxemada maoş tölagan. Agar maoşlarni oşirib, «oq» yöl bilan buni amalga oşirmoqçi bölsangiz, kiçik korxonalar 15, yirik korxonalar 25 foiz etib belgilangan soliq stavkasi böyiça, bundan taşqari pensiya jamğarmasiga 8 foiz mehnatdan soliq tölaş zarurligi bunga yöl qöymagan. Oxir-oqibat işçi qöliga qoğozdagi raqamning yarmi borib tegardi», – deydi tadbirkor.

Tarmoq asosçisining aytişiça, eng ideal soliq – iste'mol soliği.
«AQŞda ham tizim asta mana şu yönalişga ötmoqda. Lekin uni joriy etiş juda qiyin. Singapur esa tezkorlik bilan iste'moldan olinadigan soliq tizimini özida joriy etmoqda. Mamlakatda korporativ soliqlar, korxonalar tölaydigan soliqlar kamayib bormoqda va ular savdoda olinadigan soliqqa aylanmoqda. Xaridor dökonda sotib olgan tovari uçun soliq tölaydi. Unga qadar, barça işlab çiqaruvçi korxonalar soliq tölamaydi.
Masalan, mehmonxona ehtiyojlari uçun zarur yostiq, buyumlar, idişlarni B2B tartibida sotib oladi. U soliq tölamaydi. Lekin mijozlarga xizmat körsatişda ana şu soliqlarni körsatib, iste'mol soliğini budjetga tölaydi. Şuningdek, daromaddan soliq oliş tartibi mavjud», – deydi Hoşimov.

Özbekistonda ham onlayn kassa apparatlar barça savdo punktlarida taşkil etilsa, jamiyat ham mana şunday soliq oliş tartibini joriy etişga tayyor bölib boradi, deb hisoblaydi Hoşimov. Hozirgi şaroit bilan, barça xaridlarni monitoring qiliş imkoniyati, deyarli, yöq. Şuning uçun, tadbirkorlar orasida tuzilgan QQS zanjiri adolatli soliq tölaş imkoniyatini beradi. U holda davlat barça xarid va işlab çiqariş jarayonini kuzatib turişga majbur emas, tadbirkorlarning özi QQS zanjirida bölişni istaydi.












