«Los-Anjyeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga o‘tishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Krishtianu yangi chorlov haqida gapirmoqda. U A Seriyada g‘alaba qozonishga ko‘nikib qolgan klubga o‘tishni chorlov deb aytyapti.
Agar unga haqiqiy chorlov kerak bo‘lsa, 2-divizion klubiga o‘tib, u bilan chempion bo‘lishga intilishi lozim edi.
«Yuventus»ga o‘tish – umuman chorlov emas», – deb Ibrahimovich so‘zlarini keltirmoqda As.















