Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda bankomatlar orqali qancha pul yechib olingani ma'lum bo‘ldi
Foto: KUN.UZ
2018 yilda bank kartalaridan yechib olingan mablag‘lar hajmi 12,29 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Spot Markaziy bankka tayangan holda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2017 yil bilan taqqoslaganda bu 4 barobarga ko‘p.
Ulardan 4,9 trln so‘m - bankomatlar orqali. Dekabr oyida keskin o‘sish yuz berdi, o‘shanda 2,3 trln so‘m yechib olindi, shundan 1 mlrd so‘mi - bankomatlar orqali. Taqqoslash uchun, noyabr oyida mos ravishda 1,5 trillion va 759 mlrd so‘m bo‘lgan.
2018 yilning yanvar oyida UzCard bankomatlar orqali plastik kartadan pul yechib olish bo‘yicha yangi xizmatlarni ishlab chiqdi va hech qanday cheklovlar yo‘qligini ma'lum qildi - har bir bank qanday cheklov o‘rnatishni o‘zi belgilaydi. Undan oldin bir urinishda faqatgina 100 ming so‘m yechib olish mumkin edi.
Shundan so‘ng, banklar maksimal yechib olish summasi miqdorini ko‘paytira boshladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq endi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ham bank siri bo‘lgan ma'lumotlarni olishga haqli ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:11 / 26.12.2025
Toshkentda soxta treyderga aldangan yigit bankomatni buzib, pul olmoqchi bo‘ldi
07:41 / 23.08.2025
Navoiyda niqobli shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketdi
12:54 / 09.08.2025
Toshkentda bankomatni o‘g‘irlashga uringan uch kishi ushlandi
22:03 / 31.07.2025