Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boşqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi. 

Boş prokuratura xabariga köra, unda Gurlan tuman hokimining yordamçisi U.K. fuqaro U.dan uni tuman maktabgaça ta'lim bölimi tizimidagi muassasalarning biriga Gurlan tuman MTM bölimining kadrlar böyiça mutaxassisi orqali işga kiritib qöyiş evaziga 600 AQŞ dollari olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departament xodimlari tomonidan U.K.ning körsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, tuman MTM bölimining kadrlar böyiça mutaxassisi M.M. tuman hokimi yordamçisi U.K. bilan uçraşib oldindan kelişilgan 600 AQŞ dollarini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar U.K. va M.M.larga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda, deyiladi xabarda.