Özbekiston Respublikasi prezidenti “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş mexanizmlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi”da e'lon qilingan.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura töğrisida”gi 746–XII-sonli Qonuniga quyidagi özgartişlar kiritildi:

18-modda quyidagi tahrirda bayon etildi:

“18-modda. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va uning joylardagi bölinmalari

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq tölaş şartlari, tibbiy va transport xizmatlari körsatilişi böyiça Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosariga tenglaştirilgan, Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boşliği rahbarlik qiladi.

Departament boşliğining örinbosarlari Departament boşliğining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Departamentning markaziy apparati tarkibiy bölinmalari va hududiy boşqarmalari boşliqlari Departament boşliğining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Departamentni va uning joylardagi bölinmalarini taşkil etiş hamda ularning faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.