«Özbekgidroenergo»dagi davlat uluşi «Raqamli işonç» jamğarmasiga berilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida aytilgan.

Qayd etilişiça, bu gidroenergetikani rivojlantirişga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun ham amalga oşirilmoqda.

Jamğarma kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador funksiyasini oladi, lekin Davlat aktivlarini boşqariş böyiça agentlik bilan asosiy masalalar böyiça ovoz berişni muvofiqlaştirib borişga majbur böladi.

Ma'lumot uçun, quyidagilar «Raqamli işonç» jamğarmasining asosiy vazifalari etib belgilangan:

raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş sohasidagi, şu jumladan «blokçeyn» texnologiyalarini joriy etiş bilan boğliq loyihalarni davlat-xususiy şeriklik şartlarida amalga oşiriş uçun investorlarning mablağlarini jalb etiş va birlaştiriş;

davlat-xususiy şeriklik şartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, şu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar faoliyati sohasidagi eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, «blokçeyn» texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy etiş sohasida kadrlar tayyorlaş böyiça öquv tadbirlari va boşqa tadbirlarni ötkaziş;

raqamli iqtisodiyotni, şu jumladan «blokçeyn» texnologiyalarini joriy etiş va kripto-aktivlar aylanmasi uçun platformalar taşkil etiş hisobiga yanada rivojlantiriş borasidagi, ayniqsa, yoşlarning taşabbuslari (startaplari)ni qöllab-quvvatlaş;

kripto-aktivlar aylanmasi va «blokçeyn» texnologiyalari sohasida yetakçi xorijiy va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni taşkil etişda, şu jumladan yuqori malakali çet el mutaxassislarini jalb etişda texnik kömakni ta'minlaş.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston 4ta yirik va 16ta kiçik GES qurişi xabar berilgandi.