Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir G‘aniyev Ispaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
2019 yilning 16 yanvar kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Jahongir G‘aniyevning Ispaniya qiroli Filipp VIga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Ispaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilingan.
Ispaniya qiroli yuqori darajadagi o‘zaro ishonch, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha mavqelar o‘xshash va yaqinligiga yuksak baho berdi.
Ispaniya Qiroli Ostona shahrida «EKSPO-2017» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvini alohida qayd etdi, ushbu uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish yo‘llari belgilangan edi.
Muloqot yakunida Ispaniya qiroli O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hurmat-ehtiromini izhor etib, unga o‘zining samimiy tilaklarini yetkazishni so‘radi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026