Saudiya Arabistonining Jidda şahrida Italiya Superkubogi uçraşuvi bölib ötdi. Unda A Seriyaning amaldagi ğolibi «Yuventus» va şu klubga Italiya kubogi finalida yutqazgan «Milan» bahs olib bordi.

Öyindagi yagona gol 61-daqiqada Kriştianu Ronaldu tomonidan urildi. U Miralem Pyaniç tomonidan jarima maydoniga oşirib berilgan töpni boşi bilan darvozaga joylab qöydi. Uşbu kubok portugaliyalikning «Yuve»da qölga kiritgan ilk jamoaviy sovrini böldi.

Uşbu öyinga qadar «Milan va «Yuventus» Italiya superkubogida eng köp – 7 marotabadan ğolib çiqqan klublar bölib turişgandi. Endi «keksa sinora» bu boradagi yetakçilikni qölga oldi.

Italiya Superkubogi
Yuventus – Milan 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 61 Ronaldu.
Yuventus – Şçensny, Bonuççi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kellini, Bentankur (Bernardeski, 86), Pyaniç (Djan, 65), Matyuidi, Duglas Kosta (Xedira, 89), Ronaldu, Dibala.
Milan – Donnarumma, Sapata, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Lukas Paketa (Borini, 71), Bakayoko, Kastilexo (Iguain, 71), Kessie, Çalxanöğli, Kutrone (Konti, 79).
Ogohlantirişlar: Çalxanöğli (21), Aleks Sandro (26), Pyaniç (44), Kastilexo (45), Romanoli (74), Kalabriya (82), Rodriges (87), Dibala (90).
Çetlatiş: Kessie (73).