Jurnalistikada yozilmagan bir qoida bor: agar it odamni tişlab olgan bölsa, buning heç kimga qiziği yöq. Bordi-yu odam itni tişlab olsa, mana bu yoritişga arziydigan qiziqarli voqea!
Olot hokimi fermerni urgani töğrisida yozib, biz ham töğri iş qilmadik. Hokimning qöl ostidagilarni savalab turişi kimga yangilik ekan? Agar öşa yoki boşqa fermer yiğilişda hokimni yaxşilab döpposlaganida edi – ana öşa haqiqiy sensatsiya bölardi. Nafaqat saytlarda çiqadigan oddiy maqola, balki köçma telestansiyalarni olib borib, voqea joyidan töğridan-töğri reportajlar uyuştirişga ham arzirdi.
Ming afsuski, Özbekistonda rahbarlarning kimgadir qöl kötarişiga oid yangilik heç bölmasa oyiga bir marta yangrab turadi. Kimdir eşitib, yoki körsa ham biror dalil taqdim etmay bunday holatlarni gapirib bersa, umuman jiddiy qabul qilinmaydi. Yaxşiki, har kimning qölida zamonaviy telefonlar bor, vaziyatni muhrlaş mumkin. Lekin qiziği videolavhalarda röy-rost körinib turgan döpposlaşlarda ham rasman hokimning haqligi ta'kidlanadi, bölib ötgan voqea zör berib xaspöşlaşga uriniladi.
Xöş, rahbarning qöl kötarar darajaga kelişi va dehqonning (yoki quyidagi boşqa kasb egasining) kaltak yeyişiga nimalar sabab bölmoqda?
Dehqon yoki fermer hanuz yer egasi emasligi
Bizdagi fermerlar şunday nomga ega bölsalar-da, iş tizimlari böyiça xorijdagi hamkasblaridan keskin farq qilişadi. Köplab davlatlarda fermer özi işlaydigan yerning haqiqiy egasi – nima ekişni, hosilni qaçon yiğişni, kimga sotişni şaxsan özi hal qiladi. Soliqlarni tölaydi va işlayveradi. Özining iqtisodiyoti, rivojlanişi uçun özi javobgar. Faoliyati uçun kimdan nima xarid qilişni ham özi belgilaydi.
Bizda esa köp jihatdan aksi. Fermerning nima yetiştirişi, qanday narxda qança mahsulot topşirişi va hatto buning uçun nimalarni qanday miqdorda xarid qilişigaça aniq belgilab qöyilgan. Demak, öz-özidan fermerning har bir harakati nazorat qilib borilişi şart, deb hisoblanadi. Nazorat esa tabiiyki ikki tomonlama ziddiyatni keltirib çiqarişga zamin yaratadi.
Uzluksiz yiğilişlar
Qiziq savol: biror davlatda hokimiyat va fermerlarning muntazam yiğilişlari ötkazilarmikan? Biz esa bu böyiça ham noyob mamlakatmiz – hokimiyatlarda tongotar majlislar bölişi heç kimga sir emas.












