Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada zaxiradagi harbiylarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish besh yilga taqiqlanishi mumkin
Rossiya Mudofaa vazirligi nafaqat amaldagi harbiy xizmatchilarga, balki hozirgi vaqtda zaxirada bo‘lganlarga ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga cheklov qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Izvestiya» vaziyatdan xabardor suhbatdoshlariga tayangan holda yozyapti.
Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanovning tushuntirishicha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga qo‘yiladigan cheklovlar davlat siridan xabardor shaxslarga nisbatan yoki «bu cheklov boshqa qonunosti hujjatlarida belgilab qo‘yilganida» qo‘llanilishi mumkin.
Avvalroq, Gazeta.ru nashri harbiylarga o‘z xizmatlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot berishni taqiqlab qo‘yish rejalari borligini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOni tanqid qilgani va G‘arbga chaqiriq bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026