Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi boş vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jöşqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida iştirok etiş uçun 17 yanvar kuni Hindistonning Ahmadobod şahriga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hindistonda davlat rahbarining taşrifiga katta qiziqiş bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida ta'kidlaşmoqda. Xususan 1,5 million tirajda çiqadigan “The Hindu” gazetasida “Özbekiston Prezidenti sammitning boş mehmoni böladi” nomli tahliliy maqola çop etildi, deyiladi xabarda.

“Jöşqin Gujarat” sammiti Gujarat ştatining yana bir şahri – Gandinagarda bölib ötadi.












