BAAda ötayotgan Osiyo Kubogi-2019ning «F» guruhi 3-turidan örin olgan Yaponiya – Özbekiston uçraşuvidan (1:2) söng mikst zonada futbolçilar jurnalistlarning savollariga javob qaytarişdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri Al-Ayn şahridan.

Jumladan, Özbekiston milliy jamoasining 8-raqamli himoyaçisi Ikromjon Aliboyev öyin haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi:

— Öyin oson keçmadi. Kerakli natijani qölga kiritib, muxlislarimizni xursand qila olmaganimizdan xafaman. Albatta, Yaponiya — Osiyoning grand terma jamoalaridan hisoblanadi. Har ikki jamoa guruhdan çiqiş masalasini muddatidan avval hal qilgani uçun oçiq futbol taklif etişdi. Biz ham öyinda imkon qadar tartibli harakat qildik, biroq raqib öyin davomida biz yöl qöygan xatolardan unumli foydalandi. Lekin öyinda gol uriş uçun bizda ham imkoniyatlar böldi. 

Keyingi öyinda Avstraliya terma jamoasi qarşi maydonga çiqamiz. Albatta, ğalaba qozoniş va çorak finalga yöl oliş uçun öynaymiz. Jamoada bunga yaraşa salohiyat, inoq muhit bor.