Qoraqalpoğiston Republikasining Möynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Möynoq tumani innovatsiyalar, texnologiyalar va investitsiyalar markaziga aylantirişni nazarda tutuvçi,barça zaruriy infratuzilmaga, jumladan, innovatsion maktab, sport obektlari, davolaş-profilaktika muassasalari, zamonaviy aeroport, mehmonxona, savdo va köngiloçar dam oliş markazlari, “selfi obekt”lari, optik tolali Internet tarmoği, IP-televideniyega ega bölgan zamonaviy şaharçaga aylantiriladi.
Qaror bilan 2019–2021 yillarda Möynoq tumanini jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça dastur, şuningdek sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohalarida amalga oşiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 yanvarga qadar tumanda davlat röyxatidan ötib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar quyidagilardan ozod etiladi:
• yer soliği, daromad soliği, yuridik şaxslar mulk soliği, mikrofirmalar va kiçik korxonalar uçun yagona soliq tölovlaridan;
• çetdan keltiriladigan quriliş materiallari bojxona tölovlaridan;
• çetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomaşyo, materiallar va butlovçi buyumlar uçun bojxona tölovlaridan.
Şuningdek, çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalarga olib kirilayotgan transport vositalaridan boj tölovlarini tölamasdan foydalaniş huquqi berildi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan tumanning sayyohlik salohiyatini tarğib qiliş böyiça tayyorlangan reklama mahsulotlarini Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda namoyiş etiş bepul amalga oşiriladi.
Qarorga muvofiq, tuman hokimiga 2022 yil 1 yanvargaça auksion ötkazmasdan, investor bilan töğridan-töğri muzokaralar ötkaziş orqali yer uçastkalaridan vaqtinça foydalaniş huquqini 50 yil muddatga “nol” xarid qiymatida sotiş huquqi berildi.
Şuningdek, Möynoq tumanini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etildi.
Qaror bilan tasdiqlangan dasturga köra, 2019–2020 yillarda jami 160 örinli 3 ta maktabgaça ta'lim muassasasi, 200 örinli 8 ta oilaviy boğça faoliyatini yölga qöyiş, 315 öquvçiga möljallangan va dasturlaşni çuqur örgatişga ixtisoslaşgan innovatsion maktab, kamida 2 ming örinli amfiteatr, yangi 42 ta köp kvartirali uylar quriş rejalaştirilgan.

















