Qiş mavsumi yaqinlaşişi bilan odamlarni, ayniqsa çekka hududlarda yaşovçi aholini elektr energiya ta'minoti uzluksiz ta'minlanadimi, degan savol öylantira boşlaydi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Özdavenergonazorat» inspeksiyasi boşliği Dadajon Isoqulov energiya yetişmovçiligi va undan oqilona foydalaniş haqida gapirib, tejamkorlik natijalari qanday muvaffaqiyatlarga olib kelişini bildirdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

–Qiş mavsumida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortib ketadi. Yoz kunlarida 190 mln megavatt hajmida elektr energiya işlab çiqarilib, bu barça ehtiyojlarga yetgan holda, sovuq kunlarda bu körsatkiç 210-215 mln megavattga yetadi, lekin baribir ba'zi hududlarda energiya yetişmovçiligi kuzatiladi. 

Bugungi kunda «Özbekenergo» ham, «Özbekgidroenergo» ham quvvat işlab çiqariş hajmini oşiriş böyiça bir qança işlarni amalga oşiryapti. 2019 yilda Navoiyda ikkinçi buğ-gaz qurilmasi işga tuşadi. Şuningdek, Töraqörğonda 450 megavatt energiya işlab çiqaruvçi blok işga tuşişi kutilmoqda. Bu yana qöşimça 900 megavatt, ya'ni taxminan Sirdaryo viloyatining uçtasini ta'minlovçi quvvat işlab çiqariş imkoni paydo böladi, degani. Lekin korxonalarning, odamlarning elektrga bölgan talabi ham ortib borayotganligini inobatga oliş kerak. Odamlarda iste'mol madaniyati, elektrdan oqilona foydalaniş tuşunçasi yetarli darajada şakllanmagan. 

Elektr quvvatining 85 foizi kömir, gaz orqali, qolgan 15 foizi suv orqali olinadi. Qişdagi yetişmovçilikning asosiy sababi mavsumda isitiş maqsadida elektrdan köp foydalanilişidir. Rivojlangan davlatlarda  elektr quvvati isitiş maqsadida qöllanilmaydi

Dadajon Isoqulov​ izohlari bilan elektrdan isitiş uçun işlatilmasin ma'nosida tuşunilmasligini alohida ta'kidlab, faqat oqilona foydalaniş  zarurligini eslatdi. 

1 kilovatt elektr 884 kilokaloriya issiqlik beradi. Bu 250 söm pul böladi. Yoki xuddi şunça issiqlik  uçun 270 gr kömir yoqiş mumkin. Bu 75 söm pul, degani. Gazda esa undan ham arzonroq, 50 sömga yaqin böladi. Töğri, yoqilği bilan ta'minlanmagan hududlar bor, elektrdan foydalanişsin, faqat samarali foydalanişsin.