Özbekiston xalq artisti Pölat Saidqosimov 88 yoşida vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni Soğliqni saqlaş vazirligidagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

Qayd etilişiça, Pölat Saidqosimov oğir xastalikdan söng hayotdan köz yumgan. Qator ma'lumotlarga köra, taniqli aktyorning Qöqon şahrida ötkazilgan suratga oliş işlari vaqtida tobi qoçgan. Şundan söng, u Respublika şoşilinç tibbiy yordami ilmiy markaziga olib kelingan. Bu yerda jarrohlik amaliyotidan ötkazilgan, jarayon olti soat davom etgan.

Pölat Saidqosimov 1931 yil 8 oktabr kuni Toşkentda tuğilgan. Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1954). 1954— 57 yillar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957 yildan Hamza (hozirgi Özbek milliy akademik drama) teatrida aktyor bölib işlagan. 

Pölat Saidqosimov teatr sahnasida Pölat (O.Yoqubov, “Yurak yonmoği kerak”), Abdullatif (“Mirzo Uluğbek”), Ilyos (Ç.Aytmatov, “Sarvqomat dilbarim”), Edgar (U.Şekspir,”Qirol Lir”), Karimjon (A.Qahhor, ”Ayajonlarim”), Salimboyvaçça (Oybek, ”Qutluğ qon”), Avrangzeb ( Uyğun, “Zebuniso”) kabi rollarni yaratgan. Kinoda Mahkam (“Muhabbat mojarosi”), Beruniy (“Abu Rayhon Beruniy”), Zavqiy (“Olovli yöllar”), Ğafurov (“Ilondan saqlan”), Ilyos ota (“Tong otgunça”) va boşqalar; telefilmda Otaqözi (“Diyonat”), Mirzakarimboy (“Qutluğ qon”), Muhammad çatoq (“Girdob”), Çerkaşin (“Içkuyov”), Töğonbek (“Alişer Navoiy”) , Abdullatif (“Uluğbek xazinasi ) kabi bir qança rollarni ijro etgan.

Özbekistonda xizmat körsatgan artist, Özbekiston xalq artisti unvoni, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari, yaqinlari va şogirdlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.