Özbekiston Respublikasi Prezidenti “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta'minlaşni amalga oşiriş, şuningdek, jamiyat va davlat hayotini isloh qiliş, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirişning dolzarb masalalari, jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaxşilaş yuzasidan takliflar işlab çiqişga qaratilgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengaşi taşkil etilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni tasdiqlaşni nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasini kiritadi:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengaşi tarkibi, bunda uning tarkibiga muvaffaqiyatga erişgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoşlarni kiritiş nazarda tutiladi;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengaşi töğrisidagi nizom.












