Imtihonga ertaroq kelib oldim va özimça nimalarnidir takrorlardim. Çet tilidan savollarga javob bersam, öqişga kiraman, nisbatan kam ball beruvçi tarixni ham «yumaloq-yostiq» qilib olsak, davlat granti nasib etib turibdi-da!
Faqat Qöş madrasa majmuasidagi binolarning quriliş yillariga kelganda xotira pand bermasa bas. Men-ku imtihondan ötdim, öqişga ham kirdim. XVII – XVIII asrlarda hukm surgan aştarxoniylar sulolasining beşinçi vakili Abdulazizxon (1614 – 1681) buyruğiga asosan 1652 yilda qurilgan madrasa (yodlab olganimni qarang!) tarixini bilib, uning özi bilan yaqindan taniş emasdim. Mirzo Uluğbek madrasasi bilan qarama-qarşi joylaşganligi uçun Qöş madrasa, deya yuritiladigan bu majmuaning ahvoli rasmlarda körsatişganidan ança boşqaçaroq ekan. Bundan köpçilikning xabari bölmasa ham kerak.

Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uçun milliy musiqa va folklor tomoşalari körsatiladi. Şimoliy-şarqiy burçagidagi miyonsaroyda esa Buxoro yoğoç öymakorligi namunalaridan iborat körgazma taşkil etilgan.
1997 yilda Buxoro şahrining 2500 yilligi munosabati bilan şahardagi barça me'moriy inşootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta'mirdan çiqqan. YuNESKO taşkilotining Butunjahon madaniy yodgorliklari röyxatiga kiritilgan.

«Bir qança vaqt ilgari madrasaning yon tomonlarini buzib, qayta tiklamoqçi bölişdi. Lekin iş yarim yölda qolib ketdi. Loyiha hali puxta işlanmagan ekan, deyişdi», – deydi inşoot yaqinida savdo qiluvçilar. (Hoynahoy, erta-indin madrasa dumalab tuşib, savdoning beliga tepmasaydi, deb xavotirlanişyapti).

Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş inspeksiyasi Buxoro viloyat boşqarmasidan söraganimizda esa madrasaning joriy holati örganilayotganligi, tadqiqot işlari tugatilgaç, tez orada loyiha işlab çiqilişi va rekonstruksiya qilinişi haqidagi gaplarni eşitdik. Madrasa nega hozirgi ahvoliga kelib qoldi-yu rekonstruksiya muddati aynan qaçonligi haqida sir boy berişmadi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev maşvaratlardan birida «Madaniy meros inspeksiyasining faoliyati qoniqarli emas», deb bekorga jon koyitmagan ekan.














