Hindiston atom reaktorlarini quvvatlantiriş maqsadida uran resursiga boy Markaziy Osiyo davlatidan xom-aşyoni sotib olişga qaror qildi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Gujorotga taşrifi davomida savdo şartnomasi imzolangan. Qozoğistondan söng, Özbekiston uran xom-aşyosini Hindistonga yetkazib beruvçi ikkinçi Markaziy Osiyo davlatiga aylandi.
2016 yildan Özbekiston Prezidenti lavozimiga kirişgan Şavkat Mirziyoyev Hindistonga uran yetkazib beriş böyiça muzokaralarni 2017 yilda boşlagandi. 2018 yil oktyabrdan buyon ikkinçi marta uçraşayotgan davlat rahbarlari, vanihoyat, savdo şartnomasini imzoladi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston uranni eksport qiluvçilar davlatlar röyxatida yettinçi poğonada e'tirof etiladi. 1974 yili Poxran atom tajribasidan söng, Ğarb davlatlari Hindistonga uran xaridi böyiça sanksiya qöyganda, mamlakatdagi atom reaktorlari töliq quvvat bilan işlamay qolgandi. Ayni paytda janubiy mamlakat strategik maqsadlarini amalga oşiriş uçun xom-aşyo zaxirasini töplamoqda.












