Turinning “Yuventus” klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu 22 yanvarda Madridda sud oldida javob beradi.

Mirror naşri ma'lumotlariga köra, Ronaldu va “Real”ning ösmirlar jamoasi murabbiyi Xabi Alonso soliqlarni tölaşdan böyin tovlaşda ayblanmoqda.

Ronaldu Ispaniya sud idoralari bilan kelişuvga kelgani aytilmoqda. Unga köra, futbolçi 19 mln yevro tölab beradi va ikki yil şartli qamoq jazosi oladi.

Şu kuni Alonsoning işi ham köriladi. Sudlanuvçilar kursisidan Alonsodan taşqari uning soliq böyiça maslahatçisi va maslahat beriş firmasi rahbari ham joy oladi. Prokuratura ulardan har birini 2010, 2011, 2012 yillardagi soliq jinoyatlari uçun 5 yilgaça qamoq jazosiga hamda 4 mln yevro miqdorida jarimaga tortişni talab qilmoqda.