Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 297-moddasida jinoyat sabablarini bartaraf etiş va oldini oliş haqida suriştiruvçi, tergovçi, prokuror tegişli organlar (şaxsning iş joyi, mahallasi)ga taqdimnoma kiritişi aytiladi. 

Hali sud tomonidan şaxsning harakat yo harakatsizligiga huquqiy baho berilmay, jinoyatni keltirib çiqaruvçi omillar bartaraf etilişi söraladi. Ya'ni, şaxsning harakatida jinoyat alomatlari borligini sud bildirgunça, tergov organlari ayrim holatlarni jinoyat holati sifatida bilib, taqdimnoma kiritadi. 

Özbekiston Respublikasi Boş prokurori birinçi örinbosari Erkaboy Tadjiyevga köra, taqdimnomaning mazmuni – jinoyatni keltirib çiqişiga sabab bölgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş maqsadida [taqdimnoma] kiritiladi. 

Boş prokurori birinçi örinbosari Erkaboy Tadjiyev​​​​

«Haqiqatan, iş sudga yuborilgunga qadar, jinoyat böyiça taqdimnomalar kiritiladi. Taqdimnomaning mazmuni – jinoyatni keltirib çiqişiga sabab bölgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş maqsadida [taqdimnoma] kiritiladi. 

Bu masalalarni, Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilinganda, çuqur örganib, sinçkovlik bilan, holatlar körib çiqiladi. Lekin tergovçilarning taqdimnomasi ham muhimligini e'tibordan çetda qoldirişimiz kerak emas. Taqdimnoma jinoyatlarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda, tergovçilarning oldiga şunday vazifa qöyilganki, ular tomonidan jinoyatlarning tub sabablari juda çuqur örganilib, aniqlanişi lozim», –  deydi u.

Özbekiston Respublika Boş prokuraturasi ma'lumotiga köra, taqdimnomalar har qanday holatda ham qaytarib olinmaydi, çunki u şaxsga emas, jinoyat sodir etilişiga sabab bölgan şart-şaroitlarga nisbatan kiritiladi. Şaxs oqlangan holatda ham u ahamiyatli bölib qoladi. 2018 yilning 11 oyi davomida jami 16090​ta taqdimnoma kiritilgan. Ular asosan:

  • qasddan odam öldiriş;
  • hokimiyat yoki fuqarolik burçini bajargan şaxsga qarşilik körsatiş;
  • sifatsiz mahsulot işlab çiqariş;
  • soliq va boşqa tölovlardan böyin tovlaş jinoyatlari yuzasidan kiritilgan.