Avtomobil yöllari qömitasi tarkibidagi “Uzavtoyo‘lbelgi” DUK faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlangani xabar qilingandi. UzA tarqatgan xabarda korxona mansabdor şaxslari 2 mlrd 701 mln söm miqdoridagi budjet mablağlarini talon-toroj qilgan bölişi mumkinligi haqida söz boradi.
“Uzavtoyo‘lbelgi” davlat unitar korxonasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Unda aytilişiça, korxona taşkil qilingan ilk kunidan boşlab, mahsulotlar oldi-sottisi bilan boğliq jarayonlarni – Özbekiston Respublikasining (dastlab 1992 yil 2 iyulda, yangi tahrirda 2014 yil 12 sentabrda qabul qilingan) “Birjalar va birja faoliyati töğrisida”gi, şuningdek, Özbekiston Respublikasining (2018 yil 9 aprelda, yangi tahrirda 2021 yil 22 aprelda qabul qilingan) “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunlariga muvofiq amalga oşirib kelmoqda. Ya’ni korxona uçun xarid qilinadigan xom-aşyolar – birja savdolaridagi iştirokçilar tomonidan narx belgilanib, eng kam narx taklif etgan ğolib taşkilot yoki xususiy tadbirkor tomonidan yetkaziladi. Savdo jarayonida amalga oşirilgan barça operatsiyalar – Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi tomonidan nazorat qilib boriladi. Şu bois, maqolada tilga olinganidek, oldi-sotti – “özlariga taniş bölgan 5 ta mahalliy MÇJ” bilan qilingan degan da’vo asossiz.
Korxona taşkil bölişi uçun asos hisoblangan hujjat, ya’ni Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3127-sonli qarorida – mahalliy va xorijiy taşkilotlar bilan mahsulot sotib oliş va yetkazib beriş hamda xizmatlar körsatiş töğrisidagi şartnomalarni tanlov (tender) savdolarini ötkazmasdan tuzişga – Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda ruxsat berilgan. Közda tutilgan mahsulot va xizmatlar röyxati esa hukumatning 2017 yil 2 oktyabrdagi 784-sonli qarori (3-ilova) bilan tasdiqlangan. Mazkur ilovada körsatilmagan mahsulotlarni xarid qiliş böyiça şartnomalar esa – töğridan-töğri tuzilmasdan, yuqorida tilga olingan Qonun talablariga asosan tuzilgan. Bor gap şu. Ya’ni bu yerda heç qanday qonun buzilişlarga yöl qöyilmagan.
Şu örinda yana bir jihat, ya’ni göyoki “


















