O‘zbekistonda to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori belgilandi
Hukumat qarori bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritildi va ish haqining eng kam miqdori 15 foizga oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy Telegram-kanalida xabar qilingan.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsiyentlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirildi.
«Kiritilgan qo‘shimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 so‘mdan 577 ming 172 so‘mga oshirildi», — deyiladi xabarda.
Endilikda O‘zbekistonda 577 ming 172 so‘mdan kam oylik ish haqi to‘lanishi mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 1 noyabridan O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqi — oyiga 202 730 so‘m miqdorida belgilangandi. Bu miqdor o‘zgarishsiz qolgan.
Ma'lumot uchun, 2018 yilda O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi 1,822 million so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (2,570 million so‘m), eng past ko‘rsatkich esa Samarqand viloyatida (1,431 million so‘m) qayd etilgan.
Mavzuga oid
20:19 / 20.05.2022
1 iyundan ish haqi 12 foizga oshirildi
07:39 / 05.04.2022
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtiriladi
17:35 / 15.03.2022
2021 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?
09:56 / 14.03.2022