Samarqand viloyatining Payariq tumaniga hokimning birinçi örinbosari tayinlandi.
Zarnews xabariga köra, viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari vazifasida faoliyat körsatib kelayotgan Ötkir Orifjonoviç Hamroqulov Najmiddin Bahriyeviç Sulaymonov örniga tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimini egalladi.
Najmiddin Sulaymonov 2018 yil boşidan buyon hokimning birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq, prezidentning Samarqand viloyatiga taşrifi ortidan Payariq tumani hokimi Abdumömin Sunnatoviç Jörayev öz arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgandi.













