Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy taşrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jönab ketdi.
«Davlatimiz rahbarining hamma sa'y-harakatlari, barça safarlaridan maqsad bitta – xalqimiz manfaatini ta'minlaş. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar közlangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Taşrif doirasida Germaniya poytaxti Berlin şahrida Federal Prezident Frank-Valter Ştaynmayyer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Şoyble bilan muzokaralar ötkaziladi.
Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş, madaniy-gumanitar, fan-ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollaştiriş kabi masalalar örin olgan.
Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşiladi.
Myunxen şahrida esa Özbekiston prezidentining Bavariya boş vaziri Markus Zyoder, şuningdek, Germaniyaning yetakçi işbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.
Taşrif doirasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama qator hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.












