Özbekiston milliy terma jamoasi Avstraliya terma jamoasi bilan rasmiy uçraşuvlarda uç bora duç kelgan. Har uç uçraşuvda avstraliyaliklarning qöli baland kelgan. Eng qiziq tomoni — özbek futbolçilari hali «sokkeruz»lar darvozasiga hattoki gol ura olişmagan.

Demak, oldingi uçraşuvlarda gol urolmaganimiz uçun ğalaba qozonolmaganmiz. Agar yigitlarimiz Avstraliya terma jamoasi darvozasini işğol etişni uddalay olişsa, buyoği silliq ketadi, deb umid qilsa böladi.

Yana bir qiziqarli jihat, 2011 yildan buyon — roppa-rosa 8 yil davomida bu ikki terma jamoa özaro röbaro‘ kelmagan. Ya'ni, jamoalar uzoq yillardan söng bir-birlariga qarşi maydonga tuşişmoqda. Qariyb, bir-birining maydondagi öyinidan, salohiyatidan bexabar.

Naqadar noxuş bölmasin, ötgan uçraşuvlarni yodga olaylik.

1. JÇ-2010 IV bosqiç saralaş uçraşuvi. 2008 yil 10 sentabr. Toşkent.

ÖZBeKISTON – AVSTRALIYa 0:1 (0:1)

Gol: Skott Çipperfeld (26)

2. JÇ-2010 IV bosqiç saralaş uçraşuvi. 2009 yil 1 aprel. Sidney.

AVSTRALIYa – ÖZBeKISTON 2:0 (0:0)

Gollar: Joşua Kennedi (66), Harri Kyuell (73-penalti)

3. Osiyo-Kubogi 2011. Yarim final. 2011 yil 25 yanvar. Doha.

ÖZBeKISTON – AVSTRALIYa 0:6 (0:2)

Gollar: Harri Kyuell (5), Saşa Ognenovskiy (35), Devid Kerni (65), Brett Emerton (73), Karl Valeri (82), Robbi Kruz (83).

Yana bir qiziq fakt: taniqli jurnalist va futbol funksioneri Alişer Nikimbayevning ta'kidlaşiça, Qatarda ötgan Osiyo kubogi uçraşuvidagi Özbekiston – Avstraliya uçraşuvi milliy jamoamizning rasmiy öyinlardagi 100-uçraşuvi bölgan. Ertaga bölib ötadigan Avstraliya – Özbekiston uçraşuvi ham MTJning yubiley — 150-uçraşuvi böladi.

Noxuş an'analarga çek qöyilişi va yubiley uçraşuv ğalaba bilan yakunlanişini millionlab futbol muxlislarimiz orziqib kutişmoqda. Futbolçilarimizga omad va muvaffaqiyat yor bölsin!