Berlin şahridagi Belvyu saroyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş, özaro manfaatli sohalardagi aloqalarni ikki va köp tomonlama asosda rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar bundan buyon ham Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qöllab-quvvatlaşda davom etajagini bildirgan.

Prezidentlar Germaniya taşabbusi bilan işlab çiqilayotgan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça yangi strategiyasi asosida munosabatlarni mustahkamlaş muhimligini qayd etişgan.

«Davlatimiz rahbari «Markaziy Osiyo + Germaniya» formatida muloqotlarni yölga qöyiş taklifini ilgari surdi.

Özbekiston iqtisodiyoti tubdan modernizatsiya qilinayotgan hozirgi jarayonda Germaniyaning ilğor tajribasi va texnologiyalarini jalb etiş muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. 

Madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar ham muhokama qilindi. Maktab ta'limida samarali nemis texnologiyalaridan foydalaniş, jumladan, «Maktablar: kelajak şeriklari» (PASCH) taşabbusini amalga oşiriş, Özbekistonda Germaniyaning yetakçi oliy ta'lim muassasalari filiallarini oçiş, ikki xalq örtasida madaniy aloqalarni kengaytiriş istiqbollari e'tibor markazida böldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Uçraşuv söngida Şavkat Mirziyoyev Frank-Valter Ştaynmayyerni Özbekistonga javob taşrifi bilan borişga taklif etgan. Federal prezident mamlakatimizga şu yil may oyida borişga tayyor ekanini bildirdi.