Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt aralaş yönaliş (MMA) böyiça jangçi Konor Makgregorning rejalari haqida gapirib berdi.
Irlandiyalik taşkilot rahbariga UFC’ning yengil vazn toifasidagi hozirgi çempioni Habib Nurmagomedov bilan Rossiya hududida jang ötkazişga tayyor ekanini aytgan.
«Konor birorta boks jangi ötkazmay turib, eng yaxşi boksçilar bilan kuç sinaşişga tayyor, şundan söng killer, Habib Nurmagomedov bilan uçraşadi. Bularning barçasi ikki yillik tanaffusdan keyin amalga oşmoqda. Konor Serrone bilan jang qilişni xohlaşi haqida aytgan. Men uni yaxşi bilaman, u heç qaçon yöq gapni gapirmaydi. U menga Habib bilan Rossiyada jang qilişga tayyor ekanini aytdi. U şunday inson», - deya Uaytning sözlarini keltiradi MMAFighting.
Bunga qadar Makgregor amerikalik Donald Serronega qarşi jangga rozi böldi. Bruklinda bölib ötgan UFC Fight Night 143 musobaqasida Serrone raqibi ustidan ikkinçi raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozondi. Şundan söng, u MMA’ning irlandiyalik jangçisi bilan bahslaşiş istagida ekanini bildirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedovga özaro jang vaqtida nima haqida aytgani ma'lum bölgandi.













