Xalq ta'limi vazirligi hamda YuNeSKO taşkiloti mamlakatimiz maktablarida bullingni oldini oliş qöşma loyihasi böyiça hamkorlik aloqalarini yölga qöydi.
Xalq ta'limi vaziri örinbosari Otabek Nazirov va YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvçisi Pilar Alvarez-Laso uçraşuvida uşbu masalaga töxtab ötilgan, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

«Bulling» sözi ingliz tilidan olingan bölib, «ta'qib va zöravonlik» ma'nosini bildiradi. Bu tuşunça bolalarni qasddan va doimiy ravişda ta'qib qilişni anglatadi. Bullingning psixologik, jismoniy, oçiq yoki körinmas şakllari mavjud.
«Köp hollarda bolalar maktabdagi nizolarni kattalardan berkitadi. Bunga bir neça omil, ya'ni öğil-qizlarning tahqirlanişi, qörqitilişi, ayrim işlarni amalga oşirişga majburlanganliklari, qolaversa, tahdid qilinişi sabab bölişi mumkin. Hozirda bu hodisa butun dunyoda, jumladan, Özbekistonda ham dolzarb masalalardan biriga aylangan», – deyiladi vazirlik axborotida.
Uşbu loyihaning olib borilişidan asosiy maqsad, mamlakatdagi umumta'lim maktablarida yuqorida keltirilgan muammolarning oldini olişdan iborat ekanligi ta'kidlanmoqda.

Ma'lum qilinişiça, mazkur loyiha 2019-2020 yillarda amalga oşirilişi rejaga kiritildi. Loyiha doirasida maktab öqituvçilari va psixologlari uçun bulling sabablarini aniqlaş va ularni oldini oliş uçun takliflar işlab çiqişga qaratilgan amaliy va nazariy tadbirlar, trening va seminarlar ötkaziladi.
Loyiha yakunida pedagoglar uçun «Ta'lim muassasalarida bullingni oldini oliş» metodologiyasi işlab çiqiladi. Mazkur metodologiya nizolarni samarali hal etiş va bolalar örtasida yetakçilik könikmalarini şakllantiriş böyiça körsatmalar beradi. Ta'kidlaş joizki, uşbu loyiha Xalq ta'limi vazirligi tomonidan xalqaro hamkorlar tajribasini örganiş böyiça qöyilgan dastlabki qadamlardan biridir.












