Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni rasmiy taşrif bilan Germaniya poytaxti Berlin şahriga yetib bordi.
Davlat rahbarini Germaniya rasmiy şaxslari kutib oldi.

Tegel xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Taşrifning asosiy tadbirlari 21 yanvarga möljallangan. Şavkat Mirziyoyev Berlinda Federal prezident Frank-Valter Ştaynmayyer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag raisi Volfgang Şoyble bilan uçraşuvlar ötkazadi.
Muzokaralarda Özbekiston bilan Germaniya örtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, madaniy-gumanitar, fan-ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollaştiriş kabi masalalarni muhokama qiliş közda tutilgan.
22 yanvar kuni Myunxen şahrida Bavariya boş vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakçi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.











