Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan uçraşdi.
Davlatimiz rahbari Belvyu saroyida kutib olindi. Prezident faxriy mehmonlar kitobiga imzo qöydi.
Bu yerda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib oliş marosimi böldi. Prezident şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Özbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan ötdi.

Muzokara avvalida Şavkat Mirziyoyev Frank-Valter Ştaynmayyerni joriy yilning may oyida nişonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi taşkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.












