AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni kuçli qor yoğişi tufayli öz uylarini imkoni boriça tark etmaslikka çaqirdi. U bu haqda Twitter`da aytib ötdi.

“Ehtiyot böling va uyingizdan çiqmaslikka harakat qiling. Mamlakatning katta qismi favqulodda köp miqdordagi qordan va deyarli rekord darajadagi sovuqdan aziyat çekmoqda”, deb yozgan Tramp va “biroz eski qadrdon global issiqlikni his qiliş yomon bölmas edi” deb qöşimça qilgan. 

Avvalroq AQŞ milliy meteorologik xizmati Missuri va Men ştatlari örtasidagi hududda joylaşgan 15 ta ştatda qor yoğişdan ogohlantirişni e'lon qilgan. Ba'zi tumanlarda 25 smgaça qor yoğgan.

Tramp şunga öxşaş bayonotni 2017 yil oxirida mamlakatning şarqiy sohilböyidagi anomal sovuqqa izohida aytib aytgan. Trampning ta'kidlaşiça, AQŞ mamlakatda kuraşiş uçun trillionlab dollar sarflanmoqçi bölayotgan global issiqlikdan naf olişi mumkin.