Avstraliya terma jamoasi boş murabbiyi Grehem Arnold Osiyo Kubogi nimçorak finalida Özbekistonga qarşi keçgan öyindan söng matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
«Qiyin uçraşuvni ötkazdik. Özbekistonning himoya çiziği ança mustahkam öynadi. Yorib kiriş uçun ança mehnat qilişimizga töğri keldi. Xavfli vaziyatlarga yakuniy zarba bilan nuqta qöyişda qiyinçilikka duç keldik. Jamoam musobaqada töp uzatişlar soni böyiça eng yaxşi natijalardan birini qayd etmoqda. Biz 930ta pas uzatdik. Bu nafaqat töpga egalik qiliş, balki vaziyatlardan foydalanişni ham taqozo qiladi. Şunday ekan, bugungi öyindan töğri xulosalar çiqarişimiz kerak.
Metyu Rayan penaltini qaytara olmagan vaziyat? U töpga katta şijoat bilan yaqinlaşgan edi. U 120 daqiqa davomida juda yaxşi öynadi. Penaltini ura olmaganiga istisno tariqasida qarayman. Maklaren, Ikonomidis va Mabi kabi yoş futbolçilarimiz ham yaxşi öyin ötkazişdi. Penaltilar seriyasi ham ular uçun tajriba böldi. Men jamoamdagi yigitlar bilan faxrlanaman.
Oçiğini aytganda, qöşimça bölimlarni katta xavotir bilan kuzatdim. Çunki bundan avvalgi 90 daqiqalik öyin oson keçmagan edi. Darvozabonimiz juda yaxşi seyvni amalga oşirdi
Özbekiston men guruh bosqiçida röbaro kelgan raqiblardan kuçliroq edimi? Bu jamoa tarkibida individual kuçli futbolçilar yetarliça. Ular men kutganimdan biroz boşqaçaroq öyin körsatişdi. Jamoa Yaponiya bilan öyinda köproq hujumlar uyuştirgandi. Bugun ularning himoyasidan ötişimiz qiyin keçdi, çunki butun öyin davomida öz jarima maydonlari atrofida öynaşdi. Şu jihatdan ham men kutganimdan boşqaçaroq öynaşdi.
Keyingi öyin haqida töxtaladigan bölsam, bitta yaxşi tomoni – uni ham Al-Aynda ötkazamiz, boşqa joyga yölga çiqişimiz şart emas. 120 daqiqalik öyindan keyin tiklanib oliş e'tiborimiz markazida böladi. Penaltilar seriyasidagi omad futbolçilarga yanada işonç bağişlaydi.
Öyinni biz nazorat qildik, deb hisoblayman. Raqibimiz uç kun oldin öyin ötkazgandi, bugun yana 120 daqiqa öynadi. Bu faktor ham ahamiyat kasb etdi. Darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimizni ijobiy baholayman. Maşğulotlar vaqtida penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik körganimiz rost», – deya Grehem Arnoldning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avstraliya terma jamoasi çorak finalda BAA–Qirğiziston juftligi ğolibiga töqnaş keladi. «Sokkeruz» yarim final yölidagi bahsini 25 yanvar, juma kuni Al-Ayndagi «Hazza bin Zayd» stadionida ötkazadi.

















