BAAda ötayotgan futbol böyiça Osiyo kubogining nimçorak finalidan örin olgan Avstraliya – Özbekiston öyini (0:0, penaltilar seriyasi böyiça 4:2) yakunlangaç, mikst zonada Özbekiston milliy jamoasi futbolçisi Ikromjon Aliboyev Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.

— Öyinni avval taşqaridan kuzatdingiz, söngra zaxiradan “qaynagan qozon”ga taşlandingiz, umuman, öyindan qoniqdingizmi?

— Avstraliya nafaqat qit'ada, jahon futbolida ham öz örniga ega terma jamoa hisoblanadi. Ana şunday terma jamoaga heç bir jihatdan qolişmasdan harakat qildik. Juda ham yaxşi öyin körsatdik, lekin gol urişning uddasidan çiqolmadik va uçraşuv taqdiri lotereyaga qoldi va omad raqib tomonda böldi.

Birinçi navbatda, muxlislardan mağlubiyat uçun uzr söramoqçiman. Yaxşi öyin körsatiş hali ğalaba degani emas. Kelgusida bizni qöllab-quvvatlaşdan çarçamasliklarini tilab qolaman. Özbekistondan Amirliklarga ataylab kelib, şunça kunlar mobaynida bizni qöllab turgan muxlislarga alohida taşakkur bildirmoqçiman.

Boş murabbiyimiz juda tajribali inson. Xudo xohlasa hali uning qöl ostida katta ğalabalarga erişamiz.

— Keyingi rejalaringiz qanday?

— Hozir Özbekistonga borib olganimdan söng Janubiy Koreyaga işçi viza töğrilaş işlari bilan band bölaman. “Seul” FK bilan uç yillik şartnoma imzolaganman. Klub Yaponiyada mavsumoldi maşğulot yiğini ötkazadi, avval u yoqqa, maşğulot yiğinidan söng klub bilan birga Janubiy Koreyaga uçaman.