BAAda ötayotgan futbol böyiça Osiyo kubogining nimçorak finalidan örin olgan Avstraliya – Özbekiston öyini (0:0, penaltilar seriyasi böyiça 4:2) yakunlangaç, mikst zonada Özbekiston milliy jamoasi sardori, Odil Ahmedov Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.
— Niyatimiz musobaqaning finaligaça boriş edi. Lekin pley-offning dastlabki öyinidanoq lotereya deyiladigan penaltilar seriyasidan muvaffaqiyatli öta olmadik. Albatta, natijaga erişa olmaganimizdan juda xafamiz, lekin bu — futbol.
— Avstraliyalik futbolçi birinçi bor zarbada adaşganida siz nega sardor sifatida özingiz çiqib, gol urib jamoani ruhlantirmadingiz?
— Endi-i… Islomning adaşişini kim ham bilibdi deysiz. 100 ta şunday zarba bersa, 99 tasida gol urar edi. Bitta Islom yoki Maratning aybi emas-ku? Har qanday futbolçi bilan şunaqa bölişi mumkin.
— Murabbiy musobaqaga olib kelgan tarkibdan töliq qoniqdingizmi?
— Bu tarkibni boş murabbiy (Ektor Kuper) öz taktikasiga tuşadigan, özi xohlagan futbolçilarni tanlagan. Şuning uçun kimdir qolib ketdi, degan fikrga qöşila olmayman.
— Kelgusi rejalaringiz?
— Hozir aniq bir narsa aytolmayman. Hozir bu mağlubiyatni hazm qilib, öylab körişim kerak.

















