“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Mehr” xayriya fondini taşkil etiş töğrisida petitsiya paydo böldi.
“Hammamiz yaxşi bilamizki, dunyoda eng bebaho ne'matlardan biri bu inson soğliği hisoblanadi. Atrofimizda ayrim sabablarga köra öz soğliğini yöqotib, yordamga muhtoj bölgan, ammo moddiy ahvoli sababli davolanmayotgan bolalar, yoşlar va qariyalar yetarliça topiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda moddiy yordam sörab murojaat qiluvçilarni deyarli har kuni uçratamiz. Mana şunday insonlarga öz soğliqlarini tiklaşda dori-darmon, muolaja va davolaniş xizmatlari uçun tölovni amalga oşirişda kömak beruvçi “Mehr” xayriya fondini taşkil qiliş taklifini kiritmoqçiman”, - deyiladi murojaatda.
“Hammamiz ham bunday odamlarga hamma vaqt yordam berişni xohlaymiz, lekin buning uçun bizda ham imkoniyat bölmasligi mumkin, ammo kiçikroq summadagi pulni ötkaza olamiz (aytaylik 5 ming, 10 ming söm). Taklifim, “Vaqf” xayriya jamoat fondi kabi bu fond ham fuqarolardan onlayn tarzda ixtiyoriy berilgan mablağlarni qabul qila olişi kerak. Qulaylik uçun pulni elektron tölov xizmatlari - mobil ilovalar orqali fondning oçiq hisob raqamiga istalgan vaqtda ötkaziş imkoniyati yaratilişi maqsadga muvofiq bölardi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Şuningdek, Fond mablağlarining töğri va maqsadli sarflanişi ustidan nazorat qiluvçi jamoatçilik kengaşi tuzilişi va uning asosiy vazifasi yordamga ehtiyoji bor şaxslarni aniqlaş bölişi kerak.
Qayd etilişiça, “Mehr” xayriya fondini tuziş orqali köplab xonadonlarga quvonç olib kiriş mumkin böladi.












