Özbekiston futbol assotsiatsiyasi jahonga maşhur futbol yulduzlarini Özbekistonga taklif qilib, bu orqali mamlakatda futbolni yanada ommalaştiriş, rivojlantiriş va yoş avlod örtasida futbolga bölgan qiziqişni yanada oşiriş böyiça bir qator çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Jumladan, 28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon çempioni degan yuksak nomga sazovor bölgan afsonaviy himoyaçi Roberto Karlos Toşkentga taşrif buyuradi.
Roberto Karlos taşrifi davomida yoş futbolçilarga master-klasslar ötkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uçraşişi közda tutilgan. Şuningdek, braziliyalik futbolçi iştirokida OAV vakillari uçun matbuot anjumani ham taşkil qilinadi. Roberto Karlosning taşrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bölib ötadigan joyi keyinroq alohida e'lon qilinadi.
Bundan taşqari, özbekistonlik maşhur futbol yulduzlari va faxriylar iştirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli örtoqlik öyini taşkil qilinadi. Roberto Karlos bu uçraşuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tuşadi.
Şuningdek, taşrif davomida Roberto Karlosni özbek futboli bilan yaqindan taniştiriş ham rejalaştirilgan.
















