Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik mashhur teleboshlovchining otasi o‘zbekistonlik migrantlar bilan qalloblikda gumonlanmoqda
Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Yekaterina Andreyevaning otasi Sergey migratsiya qonunchiligini buzganlikda gumon qilinmoqda. 2018 yilda u o‘z kvartirasida o‘zbekistonlik er-xotinni ro‘yxatdan o‘tkazgan.
«Sergey Andreyev o‘z kvartirasida O‘zbekistondan kelgan er-xotinni ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilgan: ular ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlaydi, ishlash uchun ruxsat olishga esa ro‘yxatdan o‘tishlari kerak edi», - deya xabar beradi Mash telegram-kanali.
Avvaliga, Andreyev ularni uch oyga ro‘yxatdan o‘tkazgan, keyinchalik buni bir yilga uzaytirdi. Biroq, tekshiruvlar boshlanganidan so‘ng, pensioner darhol ularni kvartirasidan chiqarib yuborgan. Politsiyachilar Yekaterina Andreyevaning otasini javobgarlikka tortish masalasi haqida o‘ylashmoqda.
Sergey Aleksandrovich butun hayoti davomida SSSR Davlat ta'minoti raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Hozirgi kunda 81 yoshli pensioner uy-joy mulkdorlari shirkati raisi hisoblanadi.
Teleboshlovchining o‘zi izoh berishdan bosh tortayapti. Ayni vaqtda 57 yoshli Yekaterina Andreyeva Tailandda dam olmoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:50 / 26.06.2026