Venesuelada bir guruh harbiylar amaldagi hokimiyatga qarşi isyon amalga oşirişga urindi. Bu haqda mamlakat prezidentini qöllab-quvvatlovçi milliy ta'sis yiğini rahbari Diosdado Kabelo ma'lum qildi.
Kabelo tvitterda “zöravonlik amalga oşirib, aholida xavotir uyğotmoqçi bölgan vatan xoinlari” qölga olinganini ma'lum qilgan.
“Bizning qurolli kuçlar, vatan soqçilari qurol öğirlagan vatan xoinlari va bosqinçilarning mayda guruhini yana hibsga oldi”, deyilgan xabarda.
Bu orada OAVning ma'lum qilişiça, isyonçilar poytaxt Karakas ğarbidagi milliy gvardiya ştabini va şahar tumanlarining birini egallab olib, prezidentning iste'fosini talab qilişmoqda.
Karakas köçalarida ham hokimiyatning siyosatidan norozi bölganlarning ommaviy noroziliklari ötmoqda, politsiya namoyişçilarni közni yoşlatuvçi gaz bilan haydamoqda. Namoyişçilar isyonçi harbiylarni qöllab-quvvatlaşmoqda.
Mamlakatning muxolif parlamenti rahbari Xuan Guaido voqealarga izoh berib, Karakasdagi isyon qurolli kuçlarda hukm surayotgan umumiy kayfiyatni körsatişini aytgan.
“Milliy gvardiya qömondonligida yuz berayotganlar respublika qurolli kuçlarida hukm surayotgan umumiy kayfiyatni namoyiş qiladi”, deb aytgan Guaido.
Uning ta'kidlaşiça, milliy assambleya konstitutsiya tiklanişiga kömak körsatayotgan harbiylarga barça zaruriy kafolatlarni berişga intilmoqda.

















