Davlat statistika qömitasi 2018 yil yanvar-dekabr oylari yakuni böyiça Özbekiston taşqi savdo aylanmasi haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, 2018 yil yanvar-dekabr oylarida respublika taşqi savdo aylanmasida yuqori uluşga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar oyidan buyon deyarli özgarişsiz qolmoqda.

Ötgan yili Xitoy asosiy savdo şerigi bölib qoldi. Uşbu davlat bilan taşqi savdo aylanmasi 6,4 mlrd dollarni taşkil etdi. Eksport - 2,8 mlrd, import - 3,5 mlrd dollar. Xitoyning respublika taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 19 foizga teng böldi.

Keyingi örindan Rossiya joy oldi - 5,7 mlrd dollar. Eksport - 2,1 mlrd, import - 3,5 mlrd dollar. RFning taşqi savdo aylanmasidagi uluşi - 16,9 foiz.

Uçinçi poğonada Qozoğiston - 3 mlrd dollar. Eksport - 1,4 mlrd, import - 1,5 mlrd dollar. Uşbu mamlakatning Özbekiston taşqi savdo aylanmasidagi uluşi - 8,9 foiz.

Şuningdek, respublika taşqi savdo aylanmasida yuqori uluşga ega bölgan 20ta davlat orasida Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Yaponiya, Afğoniston, Qirğiziston, Ukraina, Latviya, Belarus, AQŞ, Tojikiston, Eron, Fransiya, Italiya, Turkmaniston, Litva va Hindiston bor. 

Bildirilişiça, Özbekistonning taşqi savdo aloqalarini rivojlanişi bozor islohotlarini amalga oşiriş jarayonida mavjud bölgan milliy iqtisodiyotning real ehtiyojlari asosida amalga oşirilmoqda.

Şu bilan birga, Özbekiston jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaştiriş, mamlakatni dunyoning bir qator rivojlangan davlatlaridan biri sifatida örin egallaşga qaratilgan.