Avstraliya, Niderlandiya, Belgiya, Malayziya va Ukraina vakillari MH17 reysi bilan parvoz qilgan Boeing 777 samolyoti halokatiga aybdor deb topilgan şaxslarni ta'qib qilişni moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmini tuzişni közda tutuvçi memorandum imzoladi.
Moliyaviy qöllab-quvvatlaşni taşkil etiş uçun memorandum qatnaşçilari moliyaviy nazorat qömitasini tuzişga kelişib olişdi. Unga mazkur beş davlat vakillari kirdi. Bundan taşqari, uşbu halokatda heç bölmaganda bir nafar fuqarosi halok bölgan boşqa davlatlar vakillari ham qömitaga a'zo bölişi mumkin.
Beş davlat vakillari samolyot halokatiga aloqadorlikda gumon qilinganlarning ayblarini isbotlaş bilan boğliq ilmiy va boşqa tadqiqotlarni hamkorlikda moliyalaştiradigan böldi.
Bunda prokurorlar, sudya va guvohlarni himoya qiliş bilan boğliq xarajatlar faqatgina Niderlandiya hukumati tomonidan qoplanadi.
Boeing 777 samolyoti 2014 yil 17 iyulda Donetsk yaqinida urib tuşirilgan va öşanda 298 kişi halok bölgandi.












