Avstraliya taşqi işlar vaziri Penni Vong 10 iyul kuni Rossiyani Malaysia Airlines aviakompaniyasi MH17 reysi yölovçilarining ölimi uçun tovon tölaşga çaqirdi. Bu bayonot Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Moskvani aviahalokat uçun javobgar deb topganidan söng yangradi.
«Biz Inson huquqlari böyiça Yevropa sudining Rossiya MH17 reysining urib tuşirilişi uçun javobgar ekanligi haqidagi qarorini olqişlaymiz», deb yozdi Vong ijtimoiy tarmoqda va buni «298 nafar qurbon va ularning yaqinlari uçun tarixiy lahza» deb atadi.
Vazirning eslatişiça, may oyida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) kengaşi ham xuddi şunday qaror qabul qilgan edi. Jumladan, Rossiya fojia uçun mas’ul ekani, Avstraliya va Niderlandiya bilan tovon tölaş böyiça muzokara boşlaşi lozim, degan xulosaga keldi. Halokatda qurbon bölganlarning 192 nafari Niderlandiya, 27 nafari Avstraliya fuqarolari edi.
«Biz yana bir bor Rossiyani öz mas’uliyatini böyniga olişga va bu dahşatli harakat uçun tovon tölaşga çaqiramiz», deb ta’kidladi Vong.
Malaysia Airlines aviakompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçayotgan Boeing samolyoti 2014 yil 17 iyul kuni Ukraina şarqida, separatistlar nazorati ostidagi hududda Rossiyada işlab çiqarilgan Buk raketasi bilan urib tuşirilgan edi. Barça 298 nafar yölovçi va ekipaj a’zolari halok böldi. Rossiya rasmiylari samolyot halokatiga aloqador ekanini rad qilib kelmoqda.
Niderlandiya sudi 2022 yil noyabrida özini özi e’lon qilgan DXR sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkov va yana ikki kişini samolyotni qasddan yöq qiliş va qasddan odam öldirişda ayblab, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Iş böyiça yana bir ayblanuvçi oqlandi.












