Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi 2014 yilda Ukrainaning Donbass hududi osmonida Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyotini Rossiya urib tuşirgan, degan qarorga keldi. Aviahalokat oqibatida 298 kişi qurbon bölgan edi.
AP agentligining xabar berişiça, xalqaro sud birinçi marta MH17 reysi halokati uçun Rossiyani javobgar deb topmoqda.
Sudning alohida qarorida Rossiya Ukrainadagi uruş paytida xalqaro huquqni buzgani aytilgan. Xalqaro sud birinçi marta Moskvani 2022 yilda Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi çoğida inson huquqlarining buzilişida aybdor deb topdi.
Sud bu qarorni Ukraina va Niderlandiya tomonidan Rossiyaga qarşi qözğatilgan işlarni körib çiqiş çoğida çiqardi. AP har qanday qaror asosan ramziy ma’noga ega bölişini ta’kidladi - Rossiya 2022 yildan beri har qanday xalqaro sud qarorlarini bajarmayapti.
«Rossiya Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi qarorlarini haqiqiy emas deb hisoblaydi va ularni amalga oşirişni rejalaştirmaydi», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Malaysia Airlines aviakompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçayotgan Boeing samolyoti 2014 yil 17 iyul kuni Ukraina şarqida, separatistlar nazorati ostidagi hududda Rossiyada işlab çiqarilgan Buk raketasi bilan urib tuşirilgan edi. Barça 298 nafar yölovçi va ekipaj a’zolari halok böldi. Rossiya samolyot halokatiga aloqador ekanini rad qilib kelmoqda.
Niderlandiya sudi 2022 yil noyabrida özini özi e’lon qilgan DXR sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkov va yana ikki kişini samolyotni qasddan yöq qiliş va qasddan odam öldirişda ayblab, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Iş böyiça yana bir ayblanuvçi oqlandi.

















